Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 355.14 −84.27 EUR 14 539.53 −44.43 RUB 148.48 −3.39

Baqlajon yetishtirish va hosildorlikni oshirishda qanday agrotexnik tadbirlarni qo‘llash zarur?

Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Avrora, Zamin F1, Feruz, Globus.

Urug‘ tanlash: Ekiladigan urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, sinmagan, vazndor bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.

Yer tayyorlash: Urug‘ sepiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotixga 150-200 kg chirigan go‘ng solinadi. Yer 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

Ekish muddati: Baqlajon ko‘chatlarini janubiy viloyatlarda martning ІІІ o‘n kunligi, markaziy viloyatlarda aprelning ІІ-ІІІ o‘n kunligida va shimoliy viloyatlarda aprelning III va mayning І o‘n kunligida 70×40 sm tizimida, yer osti suvlar yaqin bo‘lgan yerlarda 90×30 sm tizimida ekiladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 350-360 ta ko‘chat sarflanadi.

Parvarishlash: O‘simliklarga birinchi ishlov berish ko‘chatlar to‘liq tutib olgach boshlanadi. Bunda egat ichi, pushta va qatordagi ko‘chatlar orasining tuprog‘i yumshatiladi.

O‘g‘itlash: 1 sotix maydonga tuk holda 7,6 kg sulfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor o‘g‘itlari beriladi. 1 kg ammofos va 0,75 kg kaliy xlor haydovdan oldin 200 kg chirigan go‘ng bilan birga solinadi.

Hosilni yig‘ishtirish: Baqlajon texnik jihatdan yetilganda mevasi yiriklashadi, po‘sti to‘q binafsha ranga kirib, usti yaltirab turadi. Ayni shu vaqtda mevaning eti nozik, taxirsiz va urug‘i qotmagan bo‘ladi. Baqlajon hosili 6-7 kun oralatib bandi bilan uzib olinadi.