O‘rgimchakkana nima?
O‘rgimchakkana — 120 dan ortiq turdagi ekinlar bilan oziqlanadigan xavfli zararkunanda bo‘lib, ayniqsa oddiy o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae) paxta uchun jiddiy tahdid sanaladi.
Zararkunanda tuxum qo‘yib ko‘payadi, issiq va quruq ob-havoda tez rivojlanadi va shamol orqali keng tarqaladi.
Zarari qanday?
O‘simlikning o‘sishini 10–15 kungacha sekinlashtiradi.
Zararlangan barglarning ustki tomoni qizaradi, gul va shonalar to‘kila boshlaydi, natijada hosil miqdori kamayadi.