Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 355.14 −84.27 EUR 14 539.53 −44.43 RUB 148.48 −3.39

Aysberg karamini bozori chaqqonligini bilarmidingiz?

Aysberg karami so‘nggi yillarda mamlakatimiz iste’mol bozorida o‘zining mustahkam o‘rnini egallab bormoqda. Mazkur mahsulot uy bekalari orasida salat tayyorlashda eng ko‘p tanlanadigan sabzavotlardan biri hisoblanadi.
Restoranlar va bozorlar ham ushbu karam turiga yuqori talab bildirmoqda, narxi ham barqaror. Shu boisdan aysberg karamini yetishtirish dehqonlar uchun bozori chaqqon va daromadli ekin sanaladi.

Takroriy ekin sifatida ekish vaqti
Mazkur karam turini takroriy ekin sifatida ekishning eng maqbul davri quyidagicha belgilangan:

Ekish uchun mos yerlar:
Ertagi kartoshka, sabzi, bodring, osh lavlagi va g‘alladan bo‘shagan maydonlar.

Tavsiya etilgan navlar:
Konkord F1, Lagunas F1, Saula F1, Fioret, Madrid F1, Robinson F1, Krupnokochanniy, Russkiy razmer.

Ekish muddatlari:

* Janubiy viloyatlar: 1–5 sentyabr
* Markaziy viloyatlar: 10–15 avgust
* Shimoliy mintaqalar: 1–5 avgust

Ko‘chat dalaga o‘tkazilganda unda 6–7 ta haqiqiy barg bo‘lishi lozim.

Ekish sxemasi:
70×20 sm, 70×30 sm yoki 40+15+15×30 sm (o‘simlik o‘sishiga qarab). Yer 20–30 sm chuqurlikda haydaladi va chizellanadi.

Parvarish ishlari:

* Ekishdan 2–3 kun o‘tib, unmagan joylarda qo‘shimcha ko‘chat ekiladi.
* Ko‘chatlar tutgach, egatlar oralari kultivatsiya qilinadi.
* Birinchi yalpi ishlov – ko‘chat o‘tqazilgandan 15–20 kun o‘tib: qator oralarini yumshatish, mineral o‘g‘it berish va sug‘orish.
* Ikkinchi yalpi ishlov – birinchi sug‘orishdan 20–25 kun o‘tib amalga oshiriladi.

O‘g‘it me’yorlari (1 gektar uchun):

* Bo‘z tuproqlarda: 240 kg azot, 160 kg fosfor, 100 kg kaliy.
* O‘tloqi-botqoq tuproqlarda: 200 kg azot, 160 kg fosfor, 120 kg kaliy.

Sug‘orish:

* Bo‘z tuproqlarda: 7–8 marta
* Sizot suvi yuqori yerlarda: 5–7 marta
* Sug‘orish me’yori: 500–550 m³/ga

Hosildorlik – o‘rtacha 23–25 tonna/ga.