Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

Soyaning “Nafis” navi haqida bilasizmi?

Soyaning “Nafis” navi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan.

Umumiy tavsifi: nav o‘rtapishar, serhosilligi bilan alohida ajralib turadi. Poyasi tik o‘suvchi, pastki dukkak joylanishi 14-16 sm, bir o‘simlikdagi dukkak soni – 120-130 ta, dukkaklari yarim egilgan, yirik yassi, uchi uchlik, o‘rtacha 2-4 tadan urug‘lik. Urug‘i sariq yashil tovlanuvchi tuxumsimon, dumaloq don. O‘rtasida yirik qora rang izi bor.

Ekish me’yori: gektariga 60 kg, 4-5 sm chuqurlikka, qator oralig‘i 60 sm qilib ekiladi.

Sug‘orish me’yorlari: mart oyi oxiri aprel oyi boshlarida ekilganda urug‘lar tuproq namligida undirib olinadi. Agar qurg‘oqchilik bo‘lsa urug‘lar ekilgandan so‘ng sug‘oriladi. O‘suv davri davomida 2-3 marta sug‘oriladi. Qumloq va toshloq joylarda me’yori kamaytirilib 3-4 marta sug‘oriladi.

Hosildorligi gektariga 35-38 sentnerni tashkil qiladi.