Shaftoli mazali va sog‘lom ovqatlanishni istaganlar uchun ajoyib tanlovdir. Mazkur sersuv meva tarkibida kaloriya miqdori past, B vitaminlarini o‘z ichiga oladi va shuning uchun ham kayfiyat yaxshilanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, shaftoli boshqa ko‘plab foydali xususiyatlarga ega.
Kayfiyatingiz o‘zgarganda, stress yoki xavotirda, 1-2 ta shaftoli iste’mol qiling. Agar buni har kuni qilsangiz, bir haftadan so‘ng kayfiyatingiz muvozanatga kelayotganini sezasiz. Bu shaftoli tarkibida B vitaminlari kompleksi borligi bilan bog‘liq: B1, B2, B3, B4, B5, B6 va B9 va magniy. Shaftoli tarkibidagi uglevodlar kayfiyatni ko‘taradi: 100 gramm shaftolida 8,4 gramm shakar bor, ular shaftoli tarkibida oziq-ovqat kletchatkasi va pektin borligi sababli sekin so‘riladi. Ammo shunga qaramay, qandli diabetga chalinganlar ehtiyot bo‘lishlari va qancha shaftoli yeyish mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Shaftoli kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadi va ovqat hazm qilish trakti faoliyatini normallashtiradi.
Shaftolining hazm qilish tizimiga foydasi
Bu meva pektin va kletchatkaga boy, shuningdek, uning tarkibida probiotiklar mavjud. Bu komponentlar ichak mikroflorasini yaxshilaydi va oziqlantiradi, toksinlardan tozalaydi. Shuningdek, pektin ortiqcha yog‘larni, triglitseridlarni va “yomon” xolesterinni yo‘q qiladi. Shuningdek, shaftoli homiladorlik paytida toksikoz alomatlarini kamaytirishi mumkin. Ammo oshqozon-ichak kasalliklari: gastrit, oshqozon yarasi bor bemorlarga shaftoli yeyish tavsiya qilinmaydi. Bundan boshqa kasalliklarda shaftoli yeyish taqiqlanmaydi. Chunki bu meva oshqozon shilliq qavatini bezovta qilmaydi, hatto yuqori kislotalilikka ega odamlar ham iste’mol qil