Malina “Senator” — Rossiyalik seleksioner V.V. Kichina tomonidan yaratilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklari va tomorqa egalari uchun juda qulay nav hisoblanadi. Ushbu nav yuqori hosildorligi, yirik va bozorbop mevalari bilan ajralib turadi.
Navning botanik tavsifi:
- O‘rtacha erta pishadigan nav
- Buta balandligi: 1,8 metrgacha
- Tikanlarsiz — parvarishi oson
- Kam yoyiluvchi, ixcham buta
- Silliq va kuchli novdalar
- Yon shoxlar hosil qilish qobiliyati yuqori
- Har bir novdada 10–12 dona meva yetiladi
Mevalarining xususiyatlari:
- Yirik hajmli
- Ranggi: qizil-to‘q sariq
- Yuzasi yaltiroq
- Konussimon shakl
- Ta’mi: nordon-shirin
- O‘rtacha vazni: 7–12 g, maksimal 15 g
Hosildorligi va afzalliklari:
- Bir tupdan 4,5 kg gacha hosil
- Mevalar oson uziladi, to‘kilmaydi
- Chirishga moyil emas
- Bozor uchun juda mos, uzoq masofaga tashish mumkin
Qishbardoshliligi:
- –35 °C gacha bo‘lgan sovuqlarga boshpanasiz chidamli
- Sovuq iqlimli hududlar uchun ideal tanlov
Malina “Senator” — kam parvarish talab qiladigan, barqaror hosil beradigan va daromadli nav. Fermerlar va bog‘bonlar uchun ishonchli tanlov!