Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Piyoz yetishtirishning yangi usuli: xarajatlar keskin kamayadi

So‘nggi yillarda piyozni noan’anaviy — ko‘chat orqali yetishtirish texnologiyasi dehqonlar orasida tobora ommalashib bormoqda. Ushbu usul urug‘ sarfini kamaytirish, suvdan tejamkor foydalanish va mehnat xarajatlarini sezilarli qisqartirish imkonini beradi.

Texnologiyaning asosiy farqi

An’anaviy usulda piyoz to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘dan ekilsa, bu texnologiyada avval ko‘chat yetishtiriladi, so‘ngra doimiy maydonga ko‘chirib ekiladi.

Buning uchun:

  • 3–4 kg urug‘
  • 15–20-mart kunlari
  • 50–60 m² maydonga
  • 4×1 sm sxema asosida ekiladi

Ko‘chatlar 55–60 kun davomida parvarish qilinib, keyinchalik asosiy maydonga ko‘chiriladi.

Tavsiya etiladigan navlar

Ko‘chat yetishtirishda quyidagi navlar yaxshi samara beradi:

  • Oq dur
  • Istiqlol
  • Qoratol

Ko‘chatlarni ertagi kartoshka, karam yoki boshoqli ekinlardan bo‘shagan maydonlarga joylashtirish yer unumdorligidan samarali foydalanish imkonini beradi.
Bir gektar maydonga o‘rtacha 800 ming tup ko‘chat joylashtiriladi.

Usulning asosiy ustunliklari

Ko‘chat orqali yetishtirish quyidagi iqtisodiy samaralarni beradi:

  • urug‘ sarfi 3–4 barobar kamayadi
  • begona o‘tlarni yagonalash va tozalashga ketadigan mehnat 80–90% ga qisqaradi
  • sug‘orish uchun sarflanadigan suv 2–2,5 barobar tejaladi