Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Qishki yog‘ingarchilikning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati

Qish fasli tabiatga o‘ziga xos fayz va tarovat baxsh etadi. Ayniqsa, yog‘gan oppoq qor atrof-muhitni yanada go‘zal qiladi. Biroq ayrim hollarda sovuq havo, yo‘llardagi noqulayliklar sababli qish mavsumi insonlarda xavotir ham uyg‘otishi mumkin. Ko‘pchilik qor faqat harakatni qiyinlashtiradi yoki keskin sovuqlarga sabab bo‘ladi, degan fikrda.

Aslida esa, qishki yog‘ingarchilik, xususan qor, qishloq xo‘jaligi uchun nihoyatda muhim tabiiy omil hisoblanadi.

Qor — tabiiy ozuqa manbai

🔬 Tadqiqotlarga ko‘ra, qor tashqi ko‘rinishda juda oppoq va toza bo‘lsa-da, u mutlaqo sof suvdan iborat emas. Yomg‘ir tomchilari atmosferaning sovuq qatlamlaridan o‘tayotganda qor parchalariga aylanadi va shu jarayonda havodagi turli o‘simliklar uchun foydali elementlarni o‘z tarkibiga singdiradi.

Qorning kimyoviy tarkibi

❄️ Qor tarkibida ekinlar rivoji uchun zarur bo‘lgan quyidagi moddalarning mavjudligi aniqlangan:

— Azot (nitrat, ammoniy va organik shakllarda);
— Oltingugurt (asosan sulfat ko‘rinishida);
— Kalsiy, magniy va kaliy (kam miqdorda);
— Mikroelementlar: temir, marganets, rux va mis.

Qishki yog‘inlarning ekinlarga ta’siri

🌱 Ushbu elementlar ekinlar uchun tabiiy ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular:

  • barg va poyaning faol o‘sishini ta’minlaydi;
  • fotosintez jarayonini kuchaytiradi;
  • ildiz tizimini mustahkamlaydi;
  • sovuqqa va kasalliklarga chidamlilikni oshiradi.
  • Qorning agrotexnik ahamiyati

🌧 Qor oddiy o‘g‘itlardan farqli ravishda bir qator qo‘shimcha foydali xususiyatlarga ega. Yer yuzasida uzoq muddat saqlanishi tufayli:

  • tuproq namligi saqlanib qoladi;
  • tuproq unumdorligi oshadi;
  • ekinlar erta bahorda tez tiklanadi;
  • hosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa

☝️ Qor va qishki yog‘ingarchiliklar sanoat o‘g‘itlarining o‘rnini to‘liq bosa olmasa-da, bahorgi vegetatsiya uchun mustahkam tabiiy zamin yaratadi. Qish mavsumida yog‘inlarning yetarli bo‘lishi kelgusi hosilning barqaror va sifatli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.