So‘nggi yillarda mamlakatimizda klaster tizimi keng joriy etilmoqda. Bu tizim fermerlar, qayta ishlovchilar va eksportchilarni birlashtirib, mahsulot yetishtirishdan tortib, uni eksportga chiqarishga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi.
Klasterlar fermerga nima beradi?
- Moddiy va texnik yordam
Ishlab chiqarish jarayonini muvofiqlashtirish
Mahsulotni qayta ishlash va sotishda yordam
Ta’lim va agronomik maslahatlar
🔍 Masalan, paxta-to‘qimachilik klasterlari fermerga paxta yetishtirib, uni o‘zlarida qayta ishlab, tayyor mahsulotni eksport qilish imkonini beradi.