Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Tuproq sho‘rlanish darajasiga qarab mevali daraxtlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar

❗️ O‘zbekiston sharoitida mevali bog‘lar barpo etishda tuproqning sho‘rlanish darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz hududlarining katta qismida yerlar turli darajada sho‘rlangan.

🔬 Tuproq sho‘rlanishini laboratoriyasiz aniqlashning eng qulay usuli — portativ EC metr yordamida o‘lchashdir. Ushbu usul tuproqdagi umumiy tuz miqdorini va sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash imkonini beradi.

🔍 EC ko‘rsatkichlariga ko‘ra sho‘rlanish darajalari:

  • 0–2 dS/m — sho‘rlanmagan
  • 2–4 dS/m — kuchsiz sho‘rlangan
  • 4–8 dS/m — o‘rtacha sho‘rlangan
  • 8–16 dS/m — yuqori sho‘rlangan
  • 16 dS/m dan yuqori — juda yuqori sho‘rlangan tuproq

🌱 Sho‘rlanish darajasiga mos mevali daraxtlar tanlovi:

🖇 O‘rtacha darajadagi sho‘rlanishga chidamli mevalar:

  • Anor
  • Anjir
  • Uzum

🌲 Kuchsiz sho‘rlangan va sho‘rlanmagan tuproqlarga mos mevalar:

  • Nok
  • Bodom
  • Olma
  • O‘rik
  • Apelsin
  • Shaftoli
  • Limon
  • Olxo‘ri