🇵🇭 Mamlakatda shakar ishlab chiqarish hajmi ortgani munosabati bilan Filippin hukumati shakar importiga nisbatan joriy etilgan taqiqni 2026-yil dekabr oyining oxirigacha davom ettirishga qaror qildi.
🗣 Ushbu chora ichki bozor barqarorligini ta’minlash, shuningdek, mahalliy fermerlar va ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu haqda Filippin qishloq xo‘jaligi vaziri Fransisko Tiu Laurel “Philippine Daily Inquirer” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, shakar importiga qo‘yilgan taqiq dastlab 2025-yil oktabr oyining o‘rtalaridan boshlab bir yil muddatga joriy etilgan edi. Ichki ishlab chiqarish hajmi va zaxiralar bo‘yicha yangilangan ko‘rsatkichlar ushbu cheklovni uzaytirish uchun asos bo‘ldi.
⭕️ Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Shakar sanoatini tartibga solish boshqarmasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida melassa importini tartibga solishga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.
Filippinda shakar importiga qo‘yilgan cheklov muddati uzaytirildi