Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 047.45 +26.55 EUR 14 099.13 +110.41 RUB 151.90 −3.59

Paxta yetishtirishda intensiv agrotеxnologiyalar keng joriy etiladi

2025-yil 9-dekabr kuni Prezidentning “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–370-sonli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yil uchun quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi:

Asosiy maqsadlar

  • Zamonaviy intensiv agrotеxnologiyalarni keng joriy etish orqali paxtada 50 s/ga dan yuqori, g‘allada 100 s/ga hosildorlikka erishish.
  • Ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird an’analari asosida yangi tizimni yo‘lga qo‘yish orqali paxtachilikda hosildorlikni oshirish.

2026-yil hosilidan boshlab amalda bo‘ladigan tartiblar

1. Imtiyozli kreditlar

  • Tuproqning 1 bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka 0,7 koeffitsient qo‘llagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
  • 0,6 koeffitsientdan yuqori qismiga likvid garov ta’minoti talab etiladi.

2. Agrotеxnik tadbirlarni moliyalashtirish

  • Paxta yetishtirishdagi barcha agrotеxnik tadbirlar, jumladan plyonka va tomchilatib sug‘orish shlanglari xaridi imtiyozli kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi.
  • Kreditlar har yilning yanvar–avgust oylarida tijorat banklari tomonidan ajratiladi.

3. Fermerlar uchun subsidiya

  • Yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizigacha foydalanadigan fermer xo‘jaliklariga sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya berish tizimi joriy etiladi.

Manba: Huquqiy axborot