Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Parrandachilik sirlari

Parrandalar uchun joy tayyorlash Tovuqxona toza, quruq va shamollatiladigan bo‘lishi kerak. Har bir tovuq uchun kamida 0,15–0,2 m² joy ajratish zarur. Qishda issiq, yozda esa salqin muhit muhim.

Parrandalar uchun muvozanatli yem berish: don (arpa, bug‘doy, jo‘xori), proteinga boy yem (soya, kungaboqar shroti), vitamin va mineral qo‘shimchalar. Yashil ozuqa (ko‘kat, sabzavot qoldiqlari) tuxum sifatini oshiradi. Toza suv doimiy bo‘lishi kerak. Naslchilik va tuxum olish; Tuxumdorlikni oshirish uchun sog‘lom zotlar tanlash muhim. Yorug‘lik rejimini 14–16 soatgacha uzaytirish tuxum berishni ko‘paytiradi. Tuxumlarni toza joyda yig‘ish va saqlash kerak.. Kasalliklardan himoya; Profilaktik emlash (Marek, Nyukasl, Gamboro kabi kasalliklarga qarshi). Tovuqxonani dezinfeksiya qilish, parazitlarga qarshi kurashish. Sog‘lom parrandani bemoridan ajratib turish.  Go‘sht uchun boqiladigan tovuqlar (broylеrlar) 45–60 kunda so‘yishga tayyor bo‘ladi.