Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 581.97 +84.22 EUR 14 698.26 +39.65 RUB 157.75 +0.96

Limuzin zotli qoramol haqida eshitganmisiz?

Limuzin zoti – go‘sht yo’nalishida boqiladigan qoramol zoti, Fransiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy viloyatlaridagi go‘shtdor qoramollar zotlaridan tanlash va saralash asosida yaratilgan. Fransiyaning Limuzеn tarixiy viloyati nomi bilan atalgan.

Zot sifatida XIX asrdan ma’lum. Limuzin zoti mollari tez yetiluvchan, mushaklari kuchli rivojlangan, suyaklari ingichka, tusi qizil. Buqalari vazni 1000–1200 kg, sigirlari vazni 600–650 kg. Sigirlari serpusht. Yillik sog‘imi 1500–1800 litr. Buzoqlari sut emish davrida jadal o‘sadi va 8 oyligida tirik vazni 240–300 kg ga yetadi.

Buzoq go‘shti olish maqsadida 3 oylik buzoqlar 150–170 kg ga yetganda so‘yiladi. Buqachalar go‘shtga jadal boqilganda 12 oyligida 500 kg vaznga yetadi. Limuzin har xil tabiiy xo‘jalik sharoitga yaxshi moslashadi. AQSH, Angliya, Vengriya, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlarda ko‘plab tarqalgan. Belorussiya, Ukraina, Litva va boshqalarda Limuzin zotidan boshqa zotlar bilan chatishtirishda samarali foydalanilmoqda.

Limuzin zotli buqalar urug‘i O‘zbekistonga 2002-yildan boshlab olib kelinib, Farg‘ona hamda boshqa viloyatlar bo‘rdoqichilik korxonalari va fermer xo‘jaliklarida kammahsul bo‘lgan sigirlarni sanoat usulida chatishtirishda foydalanilmoqda.