Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrifi doirasida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida joylashgan “Asalchi Eldor” fermer xo‘jaligi dalalarida olib borilayotgan agrotexnik jarayonlar bilan tanishdi.
Qariyb 54 gektar maydonga ega ushbu dalaning 11 gektarlik kontur qismida paxtaning mahalliy “Sulton” navi zamonaviy yondashuvlar asosida, yakkaqator qilib, 76×10 sxema bo‘yicha ekilgan deb xabar beradi.
Sug‘orish va oziqlantirish ishlari esa belgilangan me’yorlar asosida tashkil etilgan.
Yetishtirish amaliyotlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilgani, defoliatsiya jarayonining belgilangan standartlarga muvofiq amalga oshirilgani natijasida, umumiy hosildorlik har gektardan 70–80 sentnerni tashkil etishi kutilmoqda.
Ayni paytda hosili pishib yetilgan paxtani terish ishlari boshlangan. E’tiborlisi, barcha amaliyotlar zamonaviy texnik vositalar yordamida olib borilmoqda.
Vazir tatbiq etilayotgan bu kabi yondashuvlarni yuqori baholab, kelgusida bunday tajribalarni kengaytirish, xorijiy navlarni mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish va hosildorlikni yanada oshirish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi.
Manba: Gov.uz/oz/agro