Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar – orzu va yantar. Ekiladigan kashnich urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi bo‘lishi zarur. Ekin vaqtida dala avvalgi ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. Keyin 1 sotixga 150-200 kg chirigan go‘ng solinadi. O‘simlik qisqa muddatda yetilishini inobatga olib, go‘ng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliyli o‘g‘it solish talab etiladi. Yer 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sug‘orish egatlari olinadi. Egatlar orasi zich bo‘lib qolmasligi zarur.
Kashnichni samarali yetishtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar