Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 047.45 +26.55 EUR 14 099.13 +110.41 RUB 151.90 −3.59

Behi yetishtirish bo’yicha to’liq qo’llanma

Iqlim  va joy tanlash . Iqlim: Behi iliq va yarim quruq iqlimda yaxshi o’sadi. Qish sovuqlari-20 C dan past bo’lmasligi kerak .

Joy tanlash: Quyoshli , shamoldan himoyalangan , tupurog’i unumdor hudud tanlang .

Ko’chat ekish: Bahorda (mart- aprel) yoki kuzda (oktyabr -noyabr) ekiladi.

Ekish chuqurligi va kengligi ~50 – 50 bo’lishi kerak . Oraliq masofa :Har bir daraxt orasida 4-5 metir masofa qoldiriladi .

Tuproq aralashmasi : chuqurga 1 chelak chirigan go’ng , 150 – 200 g superfosfat va 100 g kaliy o’g’it solib aralashtiriladi.

Sug’orish : Behi  ko’chatlari aynaqsa birinchi 2-3 yil muntazam sug’orishni talab qiladi . Vegitatsiya davrida ( apreldan sentabirgacha ) har 10 – 15  kunda sug’oriladi.

Mevani pishish davrida ortiqcha sug’orishdan saqlanging – bu mevani yorilishiga olib keladi .