Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 581.97 +84.22 EUR 14 698.26 +39.65 RUB 157.75 +0.96

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 467,0 trln so‘mni tashkil etgan.

2024-yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qildi?

– Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (998,5 ming tonna).

– Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1 833,7 ming tonna).

– Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (747,6 ming tonna).

– Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (351,5 ming tonna).

– Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (699,9 ming tonna).

– Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (666,1 ming tonna).

– Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) ishlab chiqarilgan (345,9 ming tonna).

– Samarqandda eng ko‘p – 1 456,0 ming tonna sut ishlab chiqarilgan.

– Toshkent viloyatida eng ko‘p – 1 608,1 million dona tuxum ishlab chiqarilgan.

– Xorazmda eng ko‘p – 33,0 ming tonna baliq ovlangan.

– Samarqandda yirik shoxli qoramol – 1 765,8 ming bosh.

– Qashqadaryoda qo’y va echkilar soni – 5 109,7 ming bosh.

– Respublika bo’yicha eng ko’p ot Toshkent viloyatida bo‘lib, 57 009 boshni tashkil etadi.