Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 047.45 +26.55 EUR 14 099.13 +110.41 RUB 151.90 −3.59

Qovoq yetilganligini qanday aniqlasa bo‘ladi?

Qovoq pishganligining belgisi:

– agar bandi qurib, taxtasimon bo‘lib qolgan va ushlaganda qattiq bo‘lsa, demak qovoq pishgan;

– barglarni rangi qochib, qurib boshlashi yoki sarg‘ayishi mumkin. Agar palak hali yashil va suvli bo‘lsa va barglarning rangi endi-endi qochayotgan bo‘lsa, hosilni yig‘ishtirishga hali erta;

– mevalarni (hosilni) rangi to‘yingan bo‘ladi. Naviga ko‘ra qovoq turli ranglarda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qanday rang bo‘lsa ham uni to‘yinganligiga diqqat qilish lozim;

–  qovoq po‘stlog‘i zich, qattiq, jilosiz va barmoq bilan bosganda botmaydi;

– qo‘l bilan urganda pishgan qovoqdan jaranglagan ovoz chiqadi.

Agar yuqoridagi 5 belgi namoyon bo‘lsa, u holda qovoq pishgan va uni yig‘ib olsa bo‘ladi..