Farg’ona viloyati Dang‘ara tumanida paxta terimi avjida. Bu yilgi hosilni yig‘ib olish jarayonida asosiy e’tibor mexanizatsiyaga qaratilgan bo‘lib, ayni paytda tumandagi yirik fermer xo‘jaliklarida bir nechta zamonaviy paxta terish agregatlari ishga jalb etilgan.
Mashinalar yordamida amalga oshirilayotgan terim natijasida maydonlardagi hosil belgilangan muddatlarda, sifatli va qisqa vaqt ichida yig‘ib olinmoqda.
Jumladan, “Umidaxon baxt iqboli” fermer xo‘jaligida ham paxta terimi mashinalar orqali amalga oshirilib, mehnat unumdorligi va samaradorlik oshmoqda.
Zamonaviy texnikalarning jalb qilinishi paxtachilik sohasidagi mehnat jarayonlarini yengillashtirish, fermerlar uchun esa vaqt va resurslarni tejash imkonini yaratmoqda.