Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 047.45 +26.55 EUR 14 099.13 +110.41 RUB 151.90 −3.59

Behi daraxtini yetishtirishda samara beruvchi omillar

Behi sovuqqa chidamli bo‘lsa-da, yaxshi hosil olish uchun iliq iqlim talab qilinadi. Harorati o‘rtacha 12-15°C bo‘lgan hududlar qulay hisoblanadi. Tuproq esa unumdor va yaxshi drenajlangan bo‘lishi kerak.

Dastlabki yillarda mo‘l-ko‘l sug‘orish zarur. Vegetatsiya davrida o‘rtacha har 10-12 kunda sug‘orish tavsiya etiladi. Lekin tuproqni ko‘p namlab yubormaslik kerak.  Bahorda azotli o‘g‘itlar, yozda fosfor va kaliyli o‘g‘itlar berilishi kerak. Kuzda esa organik o‘g‘itlardan foydalanish tavsiya etiladi.Behi daraxtini muntazam kesish, eski va kasal shoxlarni olib tashlash muhimdir. Bu daraxtga shakl berish va hosilning barqaror bo‘lishiga yordam beradi.

U zararli hasharotlar va qo‘ziqorin kasalliklariga moyil. Profilaktika maqsadida vaqtida purkash ishlari olib borish va zararkunandalarga qarshi biologik yoki kimyoviy vositalardan foydalanish zarur.