Tuproq unumdorligini oshirish va uni saqlab qolish maqsadida qishloq xo‘jaligini jadal yuritishni o‘g‘itlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash amaliyoti yildan yilga kengayib, takomillashib bormoqda. Mineral o‘g‘itlar bir qatorda organik o‘g‘itlardan foydalanish o‘lchamlari ham kengaymoqda. Biroq, dehqonchilikda kuchli kimyoviy o‘g‘itlaridan to‘g‘ri, oqilona va me’yorida foydalanishni taqozo etadi.
Azotli o‘g‘itlarining ortiqcha miqdori paxtaning (o‘simliklarning) generativ organlari hisobiga vegetativ organlarini ko‘proq o‘sish va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Azotning ortiqcha miqdori, ayniqsa uning nitrat formasi xavfli, chunki u tuproqda sorbsiyalanmaydi (so‘rilmaydi), yengil harakatlanadi va yer osti suvlarigacha yetib boradi.
Pestitsidlar qishloq xo‘jaligida yovvoyi o‘tlarga gerbitsidlar o‘simliklardagi zamburug‘ kasalligiga fungitsid zararkunandalarga zootsid, insektitsid qarshi kurashda ishlatiladi. Ekinlarga ishlov berishda pestitsidlarning asosiy qismi tuproq yuzasi va o‘simliklarda to‘planadi.
Ularning ortiqcha miqdori esa yer yuzasiga ko‘tarilmaydigan gravitatsion suv oqimlari bilan aralashib va yer osti suvlariga borib qo‘shiladi. Tuproqda pestitsidlarning qoldig‘i toksikantning tabiatiga, uning me’yoriga va tuproq xossalariga bog‘liq. Pestitsidlar yer usti suvlari bilan suv yig‘uvchi hovuzlarga tushib, suvlarni zaharlaydi.
Uzoq muddat ta’sir qiluvchi donadorlashtirilgan ko‘rinishdagi yangi o‘g‘itlarning ishlab chiqish, agrokimyoviy moddlarni tashish va saqlanish qoidalariga amal qilish, o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, almashlab ekishni joriy etish va boshqa agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar tuproqni agrokimyoviy moddalarning ortiqcha miqdoridan saqlaydi.