Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 439.41 −81.37 EUR 14 583.96 −50.33 RUB 151.87 −1.83

Paxta terimi uchun 1 kilogrammiga qancha to‘lanadi?

Joriy yilda paxta terimi narxlari quyidagicha belgilandi:

  • Mashina yordamida terilgan paxtaning 1 kg uchun – 1 373 so‘m;
  • Qo‘l mehnati bilan terilgan paxtaning 1 kg uchun – 2 000 so‘m tavsiyaviy narx belgilangan bo‘lib, terim vaqtida klaster, fermer xo‘jaligi rahbarlari va terimchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida terim narxi mustaqil belgilash amaliyoti ham qo‘llaniladi;
  • Shuningdek, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat byudjeti hisobidan 1 kilogramm paxta uchun 1 000 so‘m subsidiya ajratiladi.

Ushbu tartib paxta yetishtiruvchilar manfaatini himoya qilish, terimchilar mehnatini rag‘batlantirish va agrar sohada barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “1 kg – 1 800 so‘m” haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan.

Qayd etish kerakki, paxta terimi narxlari jamoatchilikka faqat rasmiy manbalar orqali yetkaziladi. Turli taxminlar va tekshirilmagan xabarlar jamiyatni chalg‘itishi bilan birga, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlardan axborot tarqatishda xolislikka amal qilish, jamoatchilikni chalg‘ituvchi noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raladi.

Manba: Qishloq xo’jaligi vazirligi