Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 439.41 −81.37 EUR 14 583.96 −50.33 RUB 151.87 −1.83

Pekan yong‘og‘i haqida bilasizmi?

Pekan – yong‘oqdoshlar oilasiga mansub daraxt.

Pekan yong‘og‘i — bu dunyoda mashhur va qadrlanadigan yong‘oq turlaridan biri. u asosan amerika qo‘shma shtatlari va meksikada yetishtiriladi. tashqi ko‘rinishi uzunchoq, rangi jigarrang, ta’mi esa oddiy yong‘oqqa qaraganda yumshoqroq va shirinroq.

Tarkibida ko‘p miqdorda sog‘lom yog‘lar, oqsillar, magniy, kaliy, temir va antioksidantlar mavjud. shuning uchun ham yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi, organizmni energiya bilan ta’minlaydi va xolesterinni kamaytirishga yordam beradi.

Pekan yong‘og‘i ko‘pincha turli pirog va shirinliklarda, salatlarda hamda desertlarda ishlatiladi. u nafaqat mazali, balki juda foydali hamdir.

Jahonda pekan yetishtirish boshqa yong‘oq turlariga nisbatan tez o‘sib bormoqda.

Pekan grek yong‘og‘idan yog‘liroq va po‘stlog‘i qattiqroq. Tarikibida ko‘p miqdordagi monoto‘yinmagan yog‘lar (Omega-9) va olein kislotasi mavjud bo‘lib, u qondagi zararli xolesterin miqdorini kamaytirish va foydalisini ko‘paytirishga yordam beradi. Yong‘oq pazandalikda keng qo‘llaniladi, qovurilgan yoki xom holatida quruq mevalar bilan isteʼmol qilish mumkin.