Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 439.41 −81.37 EUR 14 583.96 −50.33 RUB 151.87 −1.83

Sabzini sug‘orishda har kim bilishi kerak bo’lgan muhim ma’lumotlar

Sabzi yetishtirishda tuproq namligi sug‘orishdan oldin 70-75% darajada bo‘lishi lozim. Kechki sabzi asosan iyun oxiri va iyul boshlarida sepiladi, ildizmeva shakllanishi esa kuzdagi salqin kunlarga to‘g‘ri keladi.

Urug‘lar yaxshi o‘sib chiqishi uchun, sepilgandan so‘ng 2-3 kun davomida marza qorayguncha suv qo‘yiladi, so‘ng yana urug‘ suvi beriladi.

Tuproq namini hisobga olgan holda, sug‘orish muddatini bir sutkadan oshirmaslik tavsiya etiladi. Sabzi 3-4 marta sug‘orilganda nihollar barcha qatorlarda ko‘rina boshlaydi.

Sentyabrgacha har 7-8 kunda, kuzda esa 10-12 kun oraliqda sug‘orish talab etiladi. Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda mavsum davomida 11-12, yuza uchastkalarda esa 6-8 marta sug‘orish yetarli bo‘ladi.

Sug‘orish me’yori tuproq-iqlim sharoitlariga ko‘ra 6200 – 10900 m³/ga oralig‘ida bo‘ladi. To‘g‘ri sug‘orish hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.