Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 547.38 −34.59 EUR 14 665.38 −32.88 RUB 157.02 −0.73

Nega bodom yeb turish kerak?

Bodom to‘yimli ozuqa. Oqsil va tolalari ko‘p, uglevodi kam. Shu sabab ortiqcha ishtaha pasayadi va vaznni nazorat qilish osonlashadi. Unda E vitamini juda ko‘p. Bu vitamin tanada antioksidant hosil qilib, yomon xolesterin ortib ketishidan himoya qiladi. Qon bosimni me’yorlashtirishga yordam beradi. Ayniqsa, sog‘lom ovqatlanish va harakat bilan birga iste’mol qilinsa, foydasi kuchliroq bo‘ladi.

Mutaxassislar kuniga 10–16 dona bodom yeb turishni maslahat berishadi.