Oʻlkamizda anorning 3 xil turi va 69 dan ziyod navlari hisobga olingan boʻlib, achchiq anorning oʻzi 3 xil navga ega, yaʼni “Asl qayin”, “Past qayin”, “Qizil bosh”laridir. Nordon anorlar ham 3 xil navga ega boʻlib, ular “Asl qubodiyon”, “Koʻk teri”, “Aʼlo qayin”dir. Shirin anor ikki xil navga ega, ular “Katta qizgʻish” va “Sariq tun” deb ataladi va ulardan keltirib chiqarilgan “Qora marvarid”, “Oq dona” (tuyatish – Namangan) va boshqalar dasturxonimiz bezagi boʻlib kelmoqda.
Anorchilikda nimalarga eʼtibor berish kerak?
