Laqay (jaydari) ot zotining asl vatani O‘rta Osiyodir. Ular bundan 300-400 yil muqaddam laqaylar o’zlarining mahalliy jaydari mo‘g‘ul tipidagi ot zotining yovmut, axaltaka, qorabayir va arabi ot zotlari bilan chatishtirishlari natijasida ko’paytirilgan. Bunday otlar quruq va issiq iqlimga moslashgan bo’lib, tog‘li hududlarda salt minish, yuk tashish, aravaga qo‘shish, poyga va uloq musobaqalari uchun mo‘ljallangan.
Aytish mumkin ushbu zotga mansub otlar poygalarda 1000 m masofani 1 daqiqa 12 soniyda bosib o‘tgan. Ularning tana tuzilishi pishiq, ko‘krakdor, oyoqlari qotma, rangi asosan ko‘k, saman, jiyron, kamdankam hollarda qora bo’lgan.
Otning sof vazni 400-450 kg. Ayg‘irlarining qarchig‘ay balandligi 145,7 sm, gavdasining uzunligi 150 sm, ko‘krak qafasi aylanasi 161,8 sm bo’ladi. Tanasi turli haroatlarga moslashgan, baquvvat hisoblanadi.
Ularning 2-3 yoshli toylari ham poygaga o‘rgatiladi. Laqay otlar odatda, Tojikistonda (Hisor tog‘ yaylovlari, Yovon dashti) va O‘zbekistonning Surxondaryo (asosan Denovda) viloyatida boqiladi.