Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

O’zbekistonda 6 oyda qancha meva va rezavorlar yetishtirilgan?

6 oyda 1,1 mln tonnadan ziyod meva va rezavorlar yetishtirilgan

Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 151,3 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,6% ga oshgan.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha ularning hajmi quyidagicha:

➖fermer xoʻjaliklarida – 463,9 ming tonna;

➖dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 661,3 ming tonna;

➖qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 26,1 ming tonna.

Manba: Qishloq xo’jaligi vazirligi