Turp – qisqa muddatda yetilib, yaxshi hosil beruvchi qishloq xo‘jalik ekini hisoblanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – sovuqqa chidamliligi va qisqa muddatda o‘sishi hisoblanadi. Ekish uchun quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
➖Markaziy hududlar: 1-15 avgust,
➖Shimoliy hududlar: 25 iyul–10 avgust,
➖Janubiy hududlar: 20 avgust–20 sentyabr.
Turp urug‘i sochma yoki qator qilib ekiladi. Egatlar orasidagi masofa – 70 sm, urug‘ni yerga tushirish chuqurligi – 1,5 sm bo‘lishi kerak. Har bir sotix yerga 50–60 g urug‘ sarf qilinadi. Urug‘lar qo‘lda sepilib, usti yopiladi.
Parvarishlash va sug‘orish
Turp o‘z vaqtida sug‘orilsa, yaxshi hosil beradi. Sug‘orish:
➖Urug‘ unib chiqquncha 1 marta,
➖Unib chiqqanidan keyin har 7–10 kunda amalga oshiriladi.
Turp namlikni yaxshi ko‘radi, lekin ortiqcha sug‘orishdan saqlanish lozim. Sug‘orishlar orasida tuproq qurib, yuzasi yengil qotib qolishi lozim. Tuproqni yumshatish har bir sug‘orishdan keyin amalga oshiriladi.
U tez o‘suvchi ekin bo‘lgani sababli, uni o‘g‘itlashda azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarga e’tibor qaratiladi. Unib chiqqandan keyin 1 hafta o‘tgach: azotli o‘g‘it (ammiakli selitra) beriladi. Keyingi davrda fosfor va kaliyli o‘g‘itlar qo‘llaniladi.