Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

Qishloq xo‘jaligi melioratsiyasining vazifalari bo‘yicha turlari.

Melioratsiya – qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun noqulay tabiiy sharoitlarni tubdan yaxshilashga qaratilgan texnik va tashkiliy xo‘jalik tadbirlar majmuidir.

Qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi bajaradigan vazifalariga ko‘ra 4 turga bo‘linadi, bular:

sug‘orish melioratsiyasi, zax qochirish melioratsiyasi, chuchuklashtirish melioratsiyasi va eroziyaga qarshi melioratsiya.

Sug‘orish melioratsiyasi – tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun tuproqda namlik etishmaydigan hududlarda kerakli suv va u bilan bog‘liq ozuqa, issiqlik va boshqa rejimlarni ta’minlash va boshqarishdir.

Zax qochirish melioratsiyasi – ortiqcha namiqqan yerlarda tuproqning kerakli suv, havo, ozuqa va boshqa rejimlarini ta’minlash uchun ortiqcha suvlarni maydondan olib chiqish tadbirlaridir.

Chuchuklashtirish melioratsiyasi – Ekinlardan yuqori hosil olish uchun tuproqdagi ortiqcha tuzlarni chiqarib tashlab, kerakli suv, tuz, ozuqa va boshqa rejimlarni ta’minlash va boshqarishdir.

Eroziyaga qarshi melioratsiya – suv xo‘jalik, agrotexnik va o‘rmonchilik kompleks tadbirlari asosida suv va shamolning tuproqqa zararli mexanik ta’sirlarini bartaraf etishdir.