Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

Behi mevasining foydali xususiyatlari

Bu mevada turli pektin birikmalari, fruktoza, glyukoza, kaliy tuzlari, temir, kalsiy, fosfor va mis bor.

Ko‘p mamlakatlardagi xalq tabobati vakillari qadimda pishirilgan va qaynatilgan behi mevasidan oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda meʼda faoliyatini yaxshilashda foydalanishgani maʼlum.

Behi yurak o‘ynog‘i, sariq va ichketar kasalliklarini davolashda ijobiy natijalar berishi aniqlangan.

Ovqatlanish oldidan ishtahasizlikda, ayollarning qon ketish kasalliklarida 10 g quritilgan behiga 100 g qaynqk suv kuyib, undan 1 osh qoshiqdan ichish yaxshi natija beradi. Qirg‘ichdan o‘tkazib, suvda qaynatib pishirilgan behi mevasini jigar kasalliklari va ko‘ngil aynish, qusishni oldini olishda isteʼmol qilish foydalidir.

Behining yangi pishgan mevasi va sharbati kamqonlikda, ich ketish va qon ketish bilan bog‘lik meʼda-oshqozon yo‘llari kasalliklarida, peshob haydovchi vosita sifatida va yurak-qon tomir kasalliklarida isteʼmol qilish tavsiya etiladi va bu yaxshi natija beradi.

Behi mevasi biriktiruvchi peshob haydovchi, qon ketishini to‘xtatuvchi, antiseptik, qusishini to‘xtatuvchi xususiyatlarga ega, urug‘i esa, yumshatuvchi, shamollashni tuzatuvchi va antiseptik xususiyatlarga egadir.

Mana shuning uchun xam meditsina praktikasida behi urug‘ining qaynatilgan yopishqoq butqasi qon tuflashida, ayollardan qon ketishida, ich ketishda tavsiya etiladi.

Behi urug‘i qaynatmasidan terini yumshatish, pardozlash, ko‘z kasalliklarida malham quyish, anginada g‘arg‘ara qilish maqsadlarida ham foydalaniladi.

 Behi mevasidan damlama tayyorlab ichish kamqonlilikda tavsiya etiladi. Uni tayyorlash uchun behini kichik bo‘laklarga bo‘linadi, idishga solib, ustidan suv quyib yumshagunicha qaynatiladi, uning sharbatini damlama shakliga kelib, quyuqlashguncha qaynatiladi.

Behining yangi uzilgan mevasi tarkibida temir moddasi ko‘pligidan temir moddasi yetishmasligidan bo‘ladigan kamqonlilikni oldini olish hamda uni davolashda, uzoq davom etgan kasalliklar, tana harorati balandligidan qiynalganda isteʼmol qilinadi.

Orqa chiqarish teshigi devorlari yorilishida behi yoki uning sharbatini issiq suvda namlangan bintni malham qilib kuyish faol vositalardandir. Yangi mevasi yoki quritilgan behining qaynatmasi ilgari zamonlardan ayollarda ko‘p qon ketishini to‘xtatishda ishlatilgan – kuniga 3 mahal mayda qilib kesilgan behi bo‘lakchalarini choyga solib ichilgan.

Behi urug‘ini ezib (5-100) suvga aralashtirilsa, yelimdek yopishqoq modda hosil buladi, uni teridagi jarohat bitishini tezlashtirishda, balg‘am ko‘chiruvchi, yo‘talga qarshi vosita (ayniqsa bolalarda bronxitda) sifatida, tinchlantiruvchi vosita (oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasida) sifatida ishlatiladi.