Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 581.97 +84.22 EUR 14 698.26 +39.65 RUB 157.75 +0.96

Mutaxassis malakasini oshirish – agrar tizimdagi ustuvor vazifa

Ma’lumki, agrar sohani kompleks rivojlantirish, innovatsion loyihalar ko‘lamini kengaytirish va ularning samaradorligini ta’minlash uchun faqatgina texnik ta’minot emas, balki malakali kadrlar, mehnatsevarlik va kuchli salohiyat muhim omil sanaladi. Aynan shu nuqtai nazardan xodimlar malakasini oshirish masalasi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda.

Agrar islohotlarning ustuvor maqsadlaridan biri — sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar uchun zamonaviy va qulay ish sharoitlarini yaratish, zarur infratuzilmani shakllantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda investitsion dasturlar orqali tizimning umumiy samaradorligi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yanada oshirishdan iborat.

Romitan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida bu yondashuvlar amaliy ifodasini topmoqda. Bo‘lim binosida zamonaviy kampus tashkil etilgan, toza va intizomli ish muhiti yaratilgan, belgilangan me’yorlar asosida ish olib borilmoqda. Bularning barchasi sohaga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar asosida shakllanganini ko‘rsatadi.

Tashrif chog‘ida vazir xodimlar bilan muloqot qilib, samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ichki tartib-intizomni doimiy nazorat ostida saqlash va mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini kuchaytirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish va tizimdagi islohotlarni chuqurlashtirish uchun keng qamrovli bilim va yuqori malakaga ega xodimlar zarur.

Shu munosabat bilan, vazir bo‘lim faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda yangi loyihalar orqali yanada rivojlantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.