Tuproqqa avvaliga yaxshilab ishlov beriladi. Ishlov oldi silos bilan boqilgan uy hayvonlarining chirigan (1 ga maydonga – 2 tonna) go’nggi solinadi. So‘ng, tuproq 28-30 sm chuqurlikda haydaladi. Ishlov payti maydon begona o‘tlardan tozalanadi va sug‘orish egatlari olinadi.
Rediska soyaga chidamli o‘simlik bo’lib, yorug‘lik yetishmasa ham o‘saveradi. Urug‘i ekilib, nihollar paydo bo‘lganda juda tez pishar navlari 25-30, o‘rtapisharlari 35-40 va o‘rtacha kechki navlarining ildizmevalari 40-45 kunda yetiladi.
Rediska dalaga erta bahorda (fevral oxiri–mart oyida), yoki bir necha muddat (sentabr-oktabr) larda ekiladi. Rediska urug‘i sabzavot seyalkasi bilan pushtalarga ikki qator qilib sepiladi. Bunda pushtalar orasi 50-70 sm, yo‘llar orasi 8-10 sm, rediska orasi 8-9-12 sm qilinib, har gektarga 14-18 kg urug‘ ekiladi.
Urug‘ ekilgandan so‘ng pushtalarni biogumus bilan mulchalash samaralidir. Agar sepma usuli qo‘llanilgan bo‘lsa, 1-2 chinbarg chiqarganda yagana qilinadi. Naviga qarab, rediska gektaridan 50-60 dan 100-120 sentner (0,5-1 tonna) gacha hosil beradi.
Bozorda ham bu mahsulotga nisbatan xaridor doimo topiladi. Qulayligi shundaki, rediskani hovli atrofiga ekib, mo’may daromadga ega bo‘lish mumkin.