Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

Pomidor zang kanasiga qarshi samarali kurash usuli

Pomidor zang kanasi – (Aculops lycopersici massee), kanalar (Acariformes) turkumining to‘rt oyoqli kanalar (Tetraphodili) to‘ng‘ich oilasiga, (Eriophyidae) oilasiga mansub.

Pomidor zang kanasi ta’sirida pomidorning sifati va oldingi ko‘rinishi yo‘qoladi, qisman chiriy boshlaydi. Qattiq zararlangan o‘simlik hosili 100% nobud bo‘ladi. Ayniqsa iyul-avgust oylarida pomidor va kechki kartoshka ko‘p zararlanadi.

Pomidor zang kanasi asosan pomidor va kartoshkada tez rivojlanadi. Undan keyingi o‘rinlarni qora va qizil ituzum, qo‘ypechak va baqlajon egallaydi.

Kana o‘simlik barglarining ham ustki, ham ostki tomonini zararlashi mumkin. U asta-sekin yuqoriga tarqab ketadi. Zararlangan novda qo‘ng‘ir tusga ega bo‘lib silliqlashadi, barglarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘lib, umumiy tusi qo‘ng‘ir bo‘la boshlaydi.

Zararkunandaga qarshi kimyoviy vositalar: Oltingugurt kukuni (15 kg/ga), «Karate» (0,3 l/ga), «Talstar (0,5 l/ga), «Neoron» (1 l/ga), «Mitak» (2 l/ga), «Omayt» (1,5 l/ga).