Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

Niderlandiya qishloq xo’jaligi qanday rivojlanmoqda?

Bugungi kunda Niderlandiya qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or agroinnovatsiyalar va barqaror texnologiyalarni keng joriy etish orqali global miqyosda yetakchi o‘rinda turibdi. Mamlakat agrar siyosatining markazida “ko‘proq mahsulotni kamroq resurs evaziga olish” tamoyili turadi.

Niderlandiyalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan vertikal dehqonchilik inshootlari orqali yopiq muhitda sun’iy yorug‘lik, avtomatik sug‘orish va CO₂ muvozanatini nazorat qilish asosida yilning istalgan faslida yuqori sifatli ekinlar yetishtirilmoqda. Bu texnologiya yer maydoni tanqis bo‘lgan hududlar uchun ayniqsa dolzarb bo‘lib, shahar atrofida joylashgan “urban farm”lar orqali aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini bermoqda.

Shuningdek, akvaferma tizimlari — ya’ni baliq yetishtirish bilan gidroponik usulda o‘simlik parvarishini birlashtirgan yopiq sikldagi agroinshootlar keng joriy qilingan. Bu nafaqat suvdan tejab foydalanish, balki chiqindisiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Mamlalatda agrodrone va AI (sun’iy intellekt) yordamida dala monitoringi texnologiyasi ham faol rivojlanmoqda. Zamonaviy dronlar termal kamera va multispektral ko‘rish tizimlari orqali yer osti namligi, o‘simlik salomatligi va zararkunandalar tarqalishini aniqlab, fermerlarga aniqlik asosida tavsiyalar beradi.

Bundan tashqari, Wageningen universiteti yetakchiligida ishlab chiqilgan “qayta tiklanuvchi issiqxona” (Circular Greenhouse) loyihasi doirasida issiqxonalar energiya tejamkor, suv sarfini 90 foizgacha kamaytiruvchi va chiqindilarsiz ekotizimga ega qilib loyihalanmoqda.