Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

Kuzgi shudgor qanday qilinishini bilarmidingiz?

Kuzgi shudgor – tuproqning nam koʻp saqlanadigan haydalma qavatini kuzda yumshatish; kelasi yil bahorida ekinlar ekish uchun yerni kuzda haydash. Bunda tuproqning yuza qatlamidagi strukturasiz qavati tubiga tushib, yuza qavatda struktura bir oz tiklanadi. Tuproq-iqlim va tashkiliy-xoʻjalik sharoitlarga qarab shudgorlash usullari hamda turlari oʻzgarib turadi. Kuzgi shudgor dehqonchilikda qadimdan muhim ahamiyatga ega boʻlgani sababli yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda» xalq maqoli yaratilgan. Hozirgi Kuzgi shudgor yerga ishlov berishning asosiy usuli hisoblanadi.

Kultivatsiya, sugʻorish kabi ekinlar parvarishiga qaratilgan tadbirlar shudgorning ustki qatlamini juda kukunlashtiradi, pastki qatlam esa 1,5— 1,6 g/sm3 gacha zichlashadi. Haydalma qatlamda muayyan yumshoqlik (1,1 — 1,3 g/ sm3 ) yaratish uchun yer kuzda shudgorlanadi. Kuzgi shudgor — zararkuvanda va kasallik manbalari, begona oʻt urugʻlariga qarshi kurashning eng taʼsirchan vositasi; yer chuqur haydalganda tuproqning yuza qavatidagi zararkunandalarning lichinka va gʻumbaklari nobud boʻladi, tuproqning chuqur qatlamlarida qishlayotganlari esa yer ustiga chiqadi va noqulay sharoit taʼsirida qiriladi yoki ularni qushlar terib yeydi. Haydalgan yerda kuzgi yogʻinlar yaxshi singadi. Kuzgi shudgor da koʻklamdagi dala ishlari tigʻizligi kamayadi, shuningdek, eng qisqa afotexnika muddatlarida ekish uchun dalani erta bahor hamda ekishdan oldin tayyorlashga qulay sharoit yaratiladi. Shuningdek, tuproqda aerob bakteriyalarning hayot faoliyati natijasida oʻsimlik oʻzlashtiradigan oziq moddalarning toʻplanishiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi.