Sut mahsulotlari yetishtirishda sigirni to’g’ri tanlash mas’uliyatli va muhim jarayondir. Agar kata yoshdagi sigirni sotib olish to’g’risida qaror qabul qilinsa, uning yoshini, kelib chiqishi va mahsuldorligini bilish maqsadga muvofiqdir. Voyaga yetgan sigirni sotib olayotganda, uning tishlari holatiga ko’ra haqiqiy yoshini aniqlashga yordam beradigan mutaxassis xizmatiga murojaat qilish yaxshiroq. Umuman olganda, ikkinchi laktatsiya davridan katta bo’lmagan sigirni sotib olish foydaliroq.
Bundan tashqari, yelinning holatiga alohida e’tibor berish kerak: barcha so’rg’ichlar bir xil darajada rivojlangan bo’lishi, deformatsiya va atrofiyaning ko’rinadigan belgilari bo’lmasligi zarur.
Sigirning semizligi o’rtacha darajadan past bo’lmasligi, oqsoqlanmasligi, tashqi yaralari, sochlari to’kilmasligi lozim. Sog’lom sigirning tashqi belgilarini 8-bo’limda ko’rish mumkin. Iloji bo’lsa, katta yoshli sigirni sotib olishda tashqi xususiyatlardan tashqari, yashirin muammolar mavjudligini baholay oladigan veterinar hamrohlik qilishi kerak. Katta yoshli sigirni homilador holda sotib olish samaraliroq natija beradi