Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 003.18 +13.09 EUR 13 987.31 +12.86 RUB 156.68 −1.27

Oʻzbekiston limon eksportini 7,1% ga oshirdi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 3 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 1 908 tonna limon eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 127 tonnaga yoki 7,1% ga oshgan.

Oʻzbekiston 2025-yilning 6 oyida eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1 087 tonna;
Qozogʻiston – 734 tonna;
Qirgʻiziston – 82 tonna;
Boshqa davlatlar – 5 tonna.