Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

Shakardan shirin, foydali va shifobaxsh o‘simlik — steviya

Insoniyatga XV asrdan buyon ma’lum bo‘lgan, dunyo bozorida xaridorgir mahsulot hisoblangan svetiya o‘simligi 1986-yildan buyon yurtimizda ham yetishtirib kelinadi.

Bu o‘simlik shakarga nisbatan 150 barobar shirinligi bilan ajralib turadi. O‘simlikni qayta ishlashdan olinadigan rebadiozid moddasi bilan esa 300 barobargacha shirin hisoblanadi.

Shakarning o‘rnida iste’mol qilish uchun muqobil tanlov bo‘lgan ushbu mahsulot:

– immunitetni oshirish;
– qandli diabetni davolash;
– miya qobig‘ini tetiklashtirish;
– moddalar almashinuvini yaxshilash;
– me’da-ichak yo‘llari faoliyatini ham yaxshilash;
– shakardan farqli ravishda tanadagi ortiqcha yog‘larni parchalash kabi bir qator foydali xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.

Qolaversa, o‘simlik barglari va yosh poyasidan tayyorlangan damlama hamda spirtdagi eritmasi bosh og‘rig‘i, gripp, O‘RVI, shuningdek xotin-qizlarda uchraydigan ayrim xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi.

Ko‘rinishidan yalpizni eslatib yuboradigan ushbu o‘simlikni nafaqat dala, balki uy sharoitida ham yetishtirish mumkin.