G‘o‘zani yomg‘irlatib sug‘orish suvni tejash va suvni bir tekisda taqsimlash nuqtayi nazaridan samarali usullardan biri hisoblanadi. Sug‘orish tartibi tuproq turi, iqlim sharoiti, ekin turi va ekinlarning o‘sish fazasiga bog‘liq ravishda rejalashtirilishi lozim.
O‘simlikning butun hayotiy davrida suvga bo‘lgan talabini tuproq turi va g‘o‘zaning suvga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi. Yomg‘irlatib sug‘orishda g‘o‘zaning rivojlanish fazasiga mos ravishda sug‘orish rejimi quyidagicha belgilanadi.
Tavsiya:
Yengil va o‘rta mexanik tarkibli tuproqlarda tez-tez, lekin kam miqdorda sug‘orish samarali hisoblanadi.
Og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda esa sug‘orish oralig‘i katta bo‘lishi, lekin har bir sug‘orishda ko‘proq suv berilishi lozim.
ortiqcha suv berish tola sifatiga salbiy ta’sir qiladi va bo‘g‘imlar chirish xavfini oshiradi.
Agar g‘o‘zani yomg‘irlatib sug‘orish tartibi, bajariladigan agrotexnik tadbirlar, suvni tejash usullari, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalar qiziqtirsa, “Suv” kitob to‘plamidagi “G’o’zani yomg’irlatib sug’orish” nomli nashr aynan siz uchun.
Unda sohaga oid dolzarb ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar va ilg‘or tajribalar yoritilgan.
Suvdan samarali foydalanishga oid bilimlaringizni oshirishni istasangiz, ushbu kitobni o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.