AQShning World Population Review nashri tomonidan e’lon qilingan anjir yetishtiruvchi davlatlar xaritasida O‘zbekiston ham o‘z o‘rnini egallagan.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti FAO tomonidan taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra:
Dunyo bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlar:
Hosil yig‘iladigan maydon – taxminan 300 ming gektar;
Anjir ishlab chiqarish hajmi – taxminan 350 ming tonna.
2023-yil holatiga ko‘ra anjir ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy ulushlar:
— Osiyo – 51,2%
— Afrika – 35,6%
— Yevropa – 8,0%
— Amerika – 5,2%
— Okeaniya – 0%
Umuman olganda, anjir asosan Osiyo va Afrika mintaqalarida yetishtiriladi. Turkiya esa yirik ishlab chiqaruvchi davlatlar ichida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.
O‘zbekiston misolida: 2024-yilda mamlakatimizda 27,2 ming tonna anjir yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishda salohiyatli va barqaror ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatorida ekanini ko‘rsatadi.