Respublikamizda mazkur o‘simlikning silliq qizilmiya turi keng tarqalgan bo‘lib, u tabiiy holda o‘sadi. Qizilmiya — dukkakdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Poyasi sershox, dagʻal, boʻyi 40-150 sm, tik oʻsadi.
Qizilmiyaning foydali xususiyatlari: shamollashda; sil; o’pka, jigar, nafas yo’llari va yurak-qon tomirlari kasallanganda; teri kuyishida; bo’g’ma ,onkologik, ovqatdan zaharlanish, oshqozon, me’da hamda o’n ikki barmoq ichak yarasini davolashda tavsiya etiladi.
Qizilmiya qishloq xo’jaligida ham ishlatiladi. Undan ajratib olingan faol moddaning 1 milligrammini 1 litr suvga aralashtirib, kartoshkaga ishlov berilsa, kurtakning uyg’onish ko’rsatkichi 28 foizga oshadi, g’unchalash va gullash fazalari tezlashadi, natijada hosildorlik 17 foizga ortadi.