Makkajo‘xori — chorva uchun oziq sifatida eng serhosil va to‘yimli o‘simliklardan biridir. Ayniqsa, silos qilish orqali yil bo‘yi oziq zaxirasini yaratish mumkin.
✅ Silosga tayyorlash bosqichlari:
O‘rim-terim vaqti:
Makkajo‘xorini sut–mum pishish bosqichida o‘rib olish lozim. Bu bosqichda o‘simlik eng to‘yimli bo‘ladi.Maydalash:
O‘rilgan makkajo‘xori 2–3 sm uzunlikda maydalanadi. Bu fermentatsiyani tezlashtiradi.Silosga joylashtirish:
Maxsus chuqur yoki beton siloslarga zichlab joylanadi. Har bir qatlam bosib chiqiladi.Yopish va havo kiritmaslik:
Yuqorisi plastmassa plyonka bilan zich yopiladi. Havo kirmasligi kerak, aks holda chiriydi.Fermentatsiya:
30–40 kun davomida fermentatsiyalash natijasida sifatli, to‘yimli silos hosil bo‘ladi.
📌 Maslahat:
Tayyor silosdan foydalanayotganda har kuni faqat kerakli qismini ochib oling, qolganini yopiq holatda saqlang.
🐄 Bunday silos mol, qo‘y, echki va boshqalar uchun ajoyib yem hisoblanadi. Og‘irlikni oshiradi, sutni ko‘paytiradi.