Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 509.83 −79.52 EUR 14 520.16 −136.36 RUB 156.55 −1.09

Fermerlikka zamonaviy yondashuv – yuqori hosildorlik garovi

Navoiy viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lgan vazir viloyatdagi safarini yakunlab Buxoro viloyatiga yetib keldi.

Tashrif doirasidagi ilk manzil – Buxoro shahridagi “Agro multisektor” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. 2022-yilda tashkil etilgan 13,6 gektarli uzumzorda Rizamat ota, Sug‘diyona, Husaynni, Avatar kabi 20 dan ortiq uzum navlari voysh usulida yetishtirilmoqda. Fermer xo‘jaligida doimiy ish bilan ta’minlangan 20 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

Uzum yetishtirishda erishilgan natijalar e’tiborga molik: har gektardan, naviga qarab, 20-30 tonnagacha hosil olinmoqda. Bu esa, nafaqat yerning unumdorligidan, balki bog‘dorchilikka yondashuv sifatidan ham dalolat beradi.

Vazir uzumzorni ko‘zdan kechirar ekan, yer maydonlaridan samarali foydalanilayotgani, mehnatga asoslangan yondashuv, ishchi o‘rinlari yaratilgani va hosildorlik darajasini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, vazir xo’jalik rahbari bilan muloqot chog’icha xorijda bugungi kunda yangi sxemada uzum ekish yo’lga qo’yilgani va hosildorlik karrasiga oshirilayotgani haqida aytib o’tdi va kelgusida ayni yondashuv asosida ish tashkil etish, loyihani yanada rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va qo‘shimcha qiymat yaratuvchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Zero, yerga qancha mehr berilsa, u shuncha saxovat bilan javob qaytaradi. “Agro multisektor” fermer xo‘jaligidagi uzumzor buning amaliy isboti.
To‘g‘ri agrotexnik yondashuv, tinimsiz mehnat va zamonaviy usullar — bularning barchasi barakali hosil va barqaror daromad manbaiga aylanmoqda.