Olma mevaxo‘ri mevali daraxtlarning xavfli zararkunandasi bo‘lib, vegetatsiya davrida mevali daraxtlar hosildorligiga jiddiy zarar yetkazadi.
Quyida ushbu zararkunandaga qarshi agrotexnik va kimyoviy tadbirlar keltirilgan:
— Olma mevaxo‘ri kapalaklarini uchib chiqish muddatlarini monitoring qilish uchun feromonlarni gektariga 1-3 tagacha o‘rnatish;
— Bog‘lardagi mevaxo‘rlar tuxumlariga qarshi 3-5 gr/ga miqdorida trixogramma chiqarish;
— Bog‘lardagi mevaxo‘rlarning qurtlariga qarshi «Bacillus thuringiensis» (Bioslip BT-3,0 l/ga) asosli biologik preparatlarni qo‘llash.
Olma mevaxo‘ridan hosilni saqlab qolish uchun «Lyufenuron» + «Fenoksikarb», «Emamektin benzoat» + «Lyufenuron», «Emamektin benzoat» asosli kimyoviy vositalardan birini mavsumda 3 marotabagacha qo‘llash tavsiya etiladi.