2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga 3,8 ming tonna limon eksport qildi. Eksport qiymati 5,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 764 tonnaga yoki 25 foizga ko‘p.
Eng ko‘p limon eksport qilingan davlatlar:
- Qozog‘iston — 1 827 tonna
- Rossiya — 1 740 tonna
- Qirg‘iziston — 236,5 tonna
- Belarus — 4,7 tonna
- BAA — 3,8 tonna
Ma’lumotlar Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi.