Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Savdo xizmatlari hajmi 158 trln so‘mdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda savdo xizmatlari hajmi 158 trillion soʻmdan oshdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga o‘sgan, bu esa mamlakatda ichki savdo faolligi va isteʼmol bozori barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida savdo xizmatlari hajmi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 5,1 trln soʻm
  • Andijon viloyati — 8,9 trln soʻm
  • Buxoro viloyati — 8 trln soʻm
  • Jizzax viloyati — 5 trln soʻm
  • Qashqadaryo viloyati — 8,6 trln soʻm
  • Navoiy viloyati — 4,4 trln soʻm
  • Namangan viloyati — 9 trln soʻm
  • Samarqand viloyati — 11,1 trln soʻm
  • Surxondaryo viloyati — 7,8 trln soʻm
  • Sirdaryo viloyati — 2,1 trln soʻm
  • Toshkent viloyati — 14,4 trln soʻm
  • Fargʻona viloyati — 12 trln soʻm
  • Xorazm viloyati — 4,4 trln soʻm
  • Toshkent shahri — 58 trln soʻm

Tahlillarga ko‘ra, savdo xizmatlari hajmining eng katta ulushi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, bu esa poytaxtda savdo infratuzilmasi va aholining xarid faolligi yuqori ekanini anglatadi.