Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga 25,5 ming tonna olma eksport qilgan. Eksport qilingan mahsulotning umumiy qiymati 13,2 million AQSH dollarini tashkil etgan.
Mazkur koʻrsatkich mamlakatda meva yetishtirish hajmi ortib borayotgani va qoʻshni hamda yaqin bozorlarda Oʻzbekiston olmasiga boʻlgan talab barqaror saqlanayotganidan dalolat beradi.
Eng yirik eksport yoʻnalishlari:
- Qozogʻiston — 12,2 ming tonna
- Rossiya — 11,3 ming tonna
- Qirgʻiziston Respublikasi — 1,3 ming tonna
- Iroq — 204 tonna
- Turkmaniston — 167,4 tonna
- Boshqa davlatlar — 283,5 tonna
Ekspertlarning ta’kidlashicha, olma eksportining asosiy qismi qoʻshni davlatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Logistika qulayligi, mahsulot sifati va narx raqobatbardoshligi Oʻzbekiston olmasining tashqi bozordagi mavqeini mustahkamlab bormoqda.