Elektron pochta: info@agroxabarlari.uz

Kurs UZS USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

O‘zbekiston 11 oyda 55,3 mln dollarlik quritilgan olxo‘ri eksport qildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida 43 ta xorijiy davlatga 38,9 ming tonna quritilgan olxo‘ri eksport qilgan. Eksportning umumiy qiymati 55,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quritilgan olxo‘ri eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 ming tonnaga, ya’ni 62,9 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va tashqi bozorlarga chiqarish salohiyati izchil oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Eng yirik eksport yo‘nalishlari:

  • Xitoy — 21,6 ming tonna
  • Qozog‘iston — 6,2 ming tonna
  • Rossiya — 6 ming tonna
  • Turkiya — 1,2 ming tonna
  • Belarus — 793,1 tonna
  • Gruziya — 711,5 tonna
  • Boshqa davlatlar — 2,4 ming tonna

Mutaxassislar fikricha, quritilgan mevalarga bo‘lgan yuqori talab, mahsulot sifati va logistika yo‘nalishlarining kengayishi O‘zbekiston eksport hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.